Qozog‘iston aviakompaniyasiga Aqtau – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarga ruxsat berildi

© VK / scat.airlinesKazaxstanskaya aviakompaniya SCAT poluchila razreshenie na vipolnenie poletov po marshrutu Aktau-Urgench-Aktau.
Kazaxstanskaya aviakompaniya SCAT poluchila razreshenie na vipolnenie poletov po marshrutu Aktau-Urgench-Aktau. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ruxsatnoma 2020-yil 1-avgustdan boshlab Urganch aeroportida joriy qilingan “Ochiq osmon” rejimi asosida berilgan.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Qozog‘istonning “SCAT” aviakompaniyasi Aqtau – Urganch - Aqtau yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Aeroport Astani - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston 5-oktabrdan yangi mamlakatlar bilan parvozlarni tiklamaydi

“O‘zaviatsiya” agentligi “SCAT” aviakompaniyasiga 2020-yil 2-oktabrda  Aqtau – Urganch - Aqtau yo‘nalishi bo‘yicha  muntazam  parvozlarni  amalga  oshirishga  ruxsatnoma  berdi.

Ruxsatnoma 2020-yil 1-avgustdan boshlab Urganch aeroportida joriy qilingan “Ochiq osmon” rejimi asosida berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston aviakompaniyalari vakillari Urganch va Aqtau o‘rtasida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0