TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Toshkent shahar IIBB internetda to‘ydagi mehmonlardan biri osmonga qarata to‘pponchadan o‘q uzayotgani aks etgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Xabarda yozilishicha, IIBB mazkur videoni o‘rgangan, videodagi odamlarning, xususan, o‘q uzgan kishining shaxsi aniqlagan.
O‘q uzgan kishi Toshkent viloyatilik 25 yoshli Salixov Ulug‘bek ekanligi ma’lum bo‘ldi. Uning so‘zlariga qaraganda, u qarindoshi bo‘lgan kuyovga to‘y kuni kuyov jo‘ralik qilgan.
19 sentabr kuni kuyov va uning do‘stlari Chilonzor tumaniga kelinning uyiga kelishganida, Ulug‘bek keyinchalik “qiziqarli rolik” tayyorlash uchun bozordan sotib olgan o‘yinchoq plastmass to‘pponchani osmonga ko‘targan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Shu lahzalar videooperatorlar tomonidan tasvirga tushirilgan. 4-oktabr kuni kechqurun Ulug‘bekning o‘zi videoni montaj qilib, o‘q uzish tovushlarini qo‘shgan va videoni instagramdagi sahifasiga joylagan.
Keyinchalik mazkur videoni internetda tarqatgan.