Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohiblari ma’lum qilindi

© REUTERS / TT News Agency/Claudio BrescianiLaureati Nobelevskoy premii po meditsine za 2020 god
Laureati Nobelevskoy premii po meditsine za 2020 god - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yilgi fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga gepatit S virusini topgan olimlar munosib ko‘rildi.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha 2020-yilgi Nobel mukofotiga amerikalik olimlar Harvi Olter va Charlz Rays hamda britaniyalik virusolog Maykl Houtonga munosib ko‘rildi. Mukofot gepatit S virusini topganlik uchun taqdim etildi.

“Tarixda ilk bor endi gepatit S virusini davolash mumkin. Tibbiyot sohasidagi mukofot sovrindorlarining kashfiyotlari surunkali gepatitning qolgan holatlarini aniqladi va qon tahlilini o‘tkazish va millionlar hayotini saqlab qolgan yangi dorilarni qo‘llash imkonini berdi”, - dedi Karolina tibbiyot instituti huzuridagi Nobel qo‘mitasi vakili.

​Shvetsiya va Norvegiyada 5-oktabr kuni Nobel haftaligi boshlandi, haftalik davomida ushbu nufuzli mukofotning 2020-yildagi sovrindorlari aniqlanadi.

Stokgolmdagi Nobel qo‘mitasi 5-oktabr, dushanba kuni mukofotning tibbiyot bo‘yicha, seshanba kuni — fizika, chorshanba kuni — kimyo, payshanba kuni esa adabiyot bo‘yicha sovrindorlarini e’lon qiladi.

Dunyodagi eng nufuzlilardan biri hisoblanadigan dunyoda tinchlik o‘rnatishga hissa qo‘shganlik uchun mukofot sovrindori, an’anaga ko‘ra, Osloda e’lon qilinadi. Marosim 9-oktabr, juma kuniga belgilangan. 

Yangiliklar lentasi
0