TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Merilend shtati politsiyasi koronavirus bilan kasallangan Donald Tramp davolanayotgan Uolter Rid nomidagi harbiy kasalxona yonidagi yo‘lni shubhali sumka tufayli yopib qo‘ydi. Bu haqda NBC telekanali xabar qildi.
Bu holat tibbiyot markazi oldida Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun to‘plangan shaxslarning namoyishini to‘xtatib qo‘ygan. Tramp tarafdorlaridan yo‘ldan chetga o‘tish so‘ralgan.
A suspicious package was just left outside Walter Reed. Police moved the crowd away from the bag #Trump #WalterReed #Trump2020 pic.twitter.com/Z57RouLqz3
— Brendan Gutenschwager (@BGOnTheScene) October 4, 2020
Shundan so‘ng hodisa joyiga bombani zararsizlantiruvchi guruh yetib kelgan. Ular topilmani tekshirib, xavfsizligiga ishonch hosil qilishgandan so‘ng Tramp tarafdorlariga o‘z namoyishlarini davom ettirishga ruxsat berishgan.
Mirziyoyev koronavirusga chalingan Donald Trampga shifo tiladi
2 oktabr kuni Amerika yetakchisi Donald Tramp u va rafiqasi Melanya koronavirus yuqtirib olganini ma’lum qildi. O‘sha kunning o‘zida u kasallikning yengil alomatlari bilan Uolter Rid nomidagi harbiy tibbiyot kasalxonasiga yotqizilgan va u yerda davolanmoqda.