Samarqandda to‘y va marosimlar faqat bir kun o‘tkazilishi belgilandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovRestoran. Arxivnoe foto
Restoran. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kengash qaroriga ko‘ra, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar faqat bir kun soat 06:00 va 23:00 oralig‘ida 30 nafar ishtirokchi bilan o‘tkazilishi belgilandi.

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining o‘n uchinchi sessiyasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibi ko‘rib chiqildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kengash qaroriga ko‘ra, karantin davrida respublika maxsus komissiyasi qaroriga qat’iy rioya qilgan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar faqat bir kun soat 06:00 va 23:00 oralig‘ida 30 nafar ishtirokchi bilan o‘tkazilishi belgilandi.

Svadba na Vorobyevix gorax - Sputnik O‘zbekiston
Senat: karantinda dabdabali to‘y qilayotgan yulduzlar uchun jarima yetarli chora emas

Qarorga muvofiq, to‘y o‘tkazuvchi shaxslar to‘ydan kamida bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla)ni xabardor qilishi zarur.

Shuningdek, milliy an’analarga yot “kelin navkari”, “chorlar”, “ota ko‘rdi”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “tog‘ora yuborish” kabilarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Dafn etish va motam marosimlari bilan bog‘liq ortiqcha tadbirlar -“yetti”, “payshanbalik”, “yakshanbalik”, “yigirma”, “qirq”, “hayit”, “yil oshi”, “pul tarqatish”, “mato ulashish” kabilarni o‘tkazish ta’qiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0