Koronavirus yuqtirib olgan Potr Poroshenko kasalxonaga yotqizildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishEks-prezident Ukraini, deputat Verxovnoy radi Ukraini Petr Poroshenko
Eks-prezident Ukraini, deputat Verxovnoy radi Ukraini Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukrainaning sobiq prezidentiga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Uni Kiyevdagi kasalxonalardan birida davolashadi.

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Koronavirus bilan kasallangan Ukrainaning sobiq prezidenti Potr Poroshenko kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i Marina Poroshenko ma’lum qildi.

“Bugun erim va qizimiz COVID-19 ga qarshi kurashmoqda. Potr Alekseyevich Kiyevdagi koronavirus bemorlarini davolaydigan shifoxonalardan biriga yotqizildi. Erimda o‘pkaning ikki tomonlama shamollashi bo‘lishiga qaramasdan, u kuchli irodaga ega va buni kasallikka qarshi kurashda ko‘rsatmoqda”, - dedi u “Yevropa birdamligi ” partiyasining Facebook᾽dagi sahifasida joylashtirilgan videomurojaatida. 

Potr Poroshenko 29-sentabr kuni koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqani va uyida davolanayotganini ma’lum qilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 226,4 ming nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 100 ming nafari tuzalib ketgan. 4397 kishi esa virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0