Ismatulla Ergashev Britaniya elchisi bilan Afg‘oniston masalasini muhokama qildi

© Mejdunarodniy press-klubSpespredstavitel prezidenta Uzbekistana v Afganistane Ismatulla Irgashev
Spespredstavitel prezidenta Uzbekistana v Afganistane Ismatulla Irgashev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida afg‘on mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish, ushbu mamlakatda turli loyihalar, jumladan iqtisodiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

TOShKENT, 3 okt - Sputnik. 2020 yilning 2-oktabr kuni O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniyaning Toshkent shahridagi elchisi Tim Torlot bilan uchrashdi. TIV xabariga asosan.

Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Markaziy Osiyoga tahdid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz - Tolibon vakili

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida afg‘on mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish, ushbu mamlakatda turli loyihalar, jumladan iqtisodiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

Buyuk Britaniya tomoni mamlakat rahbariyatining Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar jarayoniga ko‘maklashish, mazkur davlatni mintaqaviy siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga tortish borasida olib borayotgan siyosatiga yuqori baho berdi. Bu Afg‘onistondagi holatni umumiy tartibga solish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani qayta tiklashga imkon yaratadi.

Afg‘onistondagi mojaroni hal etishga ko‘maklashish bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida ham batafsil fikr almashildi.

Afg‘oniston mavzusida ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishga o‘zaro qiziqish bildirildi.

Yangiliklar lentasi
0