Tadqiqotchi olim o‘zini 5 ming chivinga chaqtirdi - video

© Commons.wikimedia / Jim GathanyMalyariynie komari — rod nasekomix, perenoschikov malyariynix plazmodiyev
Malyariynie komari — rod nasekomix, perenoschikov malyariynix plazmodiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Denge bezgagi kasalligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotda Avstraliyaning Melburn universiteti entomologi Perran Ross qo‘llarini minglab chivinlarga chaqtirdi.

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Denge bezgagi kasalligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotda Avstraliyaning Melburn universiteti entomologi Perran Ross qo‘llarini minglab chivinlarga chaqtirdi. Bu haqda The Washington Post xabar qildi.

Chivinlarga ataylab kasallikni yuqishini to‘sadigan - volbaxiya bakteriyalar yuqtirildi. Olim va uning jamoasi har kuni chivinlar bilan ishlaydi, ular bakteriyalarning hasharotlarga uzoq muddatli ta’sirini kuzatib boradi.

Tadqiqotchi har kuni qo‘llarini chivin bilan to‘ldirilgan idishlarga soladi, hasharotlar "qonga to‘yib olishini" kutadi.

Entomolog 5 ming chivin bir vaqtning o‘zida taxminan 16 mililitr qon so‘rishi mumkinligini hisoblab chiqdi.

“Laboratoriyada chivinlar kalamushlarni yoki boshqa hayvonlarni chaqishni istamaydi - ular faqat qorong‘ilikda insonning qonini so‘rishni afzal ko‘rishadi", - deya ta’kidladi olim.

Tadqiqotda volbaxiya nafaqat denge bezgagi infeksiyasini kamaytirishi, balki boshqa kasalliklar bilan yuqtirishni ham cheklashi mumkinligi aniqlandi.

Yangiliklar lentasi
0