TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, davlat rahbari Nukusda Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi.
Safar davomida, shuningdek, bunyodkorlik ishlari, yangi korxonalar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.