Qozog‘istonda 2020-yil yanvardan beri qora molni olib chiqishga cheklov qo‘yilgandi.
Birinchi yarim yillikda respublikaga mol go‘shti etkazib beruvchi yirik davlatga aylangan - Belarus O‘zbekistonga xom go‘sht yetishmasligi muammosini hal qilishda yordam berdi. Kelajakda Belarus O‘zbekiston bozorida ilgari Qozog‘istonga tegishli bo‘lgan ulushni egallashni rejalashtirmoqda, dedi Rossiya Fanlar akademiyasining V.M.Gorbatov nomidagi Iqtisodiy va analitik tadqiqotlar va IT-texnologiyalar markazi rahbari Dmitriy Gordeyev.
“Belarusdan go‘sht yetkazib berilishi tufayli O‘zbekistonda sezilarli darajada bu mahsulotning taqchilligini taxmin qilmaymiz. Shuni ta’kidlash kerakki, dunyodagi vaziyat davlatlarni import o‘rnini bosishga undaydi va valyuta kurslarining o‘zgarishi, boshqa davlatlarning biron bir narsani eksport cheklovini boshdan qiyin kechirmaslik maqsadida O‘zbekiston ham bu yo‘lni tutmoqda. Agar ish davom ettirilsa, O‘zbekiston go‘sht bozorida inqiroz kutish kerak emas”, - dedi Gordeyev.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, respublikada mol go‘shti narxi oshib bormoqda.
"Birinchi yarim yillikda mol go‘shti o‘rtacha 7,7 foizga o‘sdi, 2019-yilning shu davrida - 4,2 foizga, suyaksiz go‘sht - 4,3 foizga o‘sgandi. Biz aniq tendensiyani kuzatmoqdamiz", - deb ta’kidladi ekspert.
Uning fikriga ko‘ra, narxlarning ko‘tarilishi mavsumiy omilga va AQSh dollarining o‘sishiga bog‘liq.