TOShKENT, 2 okt – Sputnik. O‘zbekistonda yil oxiriga qadar ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovka qilish boshlanishi mumkin. Bu haqida Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portaliga joylashtirilgan prezident qarori loyihasida aytib o‘tilgan.
Markirovka qilish majburiy bo‘lgan mahsulot turlari quyidagilar sanab o‘tilgan:
- Tamaki mahsulotlarini – 2020-yil ning dekabrida
- Alkogolli mahsulotlani – 2021-yilning mart oyida
- Dori vositalari va tibbiy buyumlar – 2022-yilning yanvarida
- Suv va salqin ichimliklar – 2022-yilning fevralida
- Maishiy texnika – 2022-yilning mart oyida
Majburiy markirovka tartibini joriy etishdan maqsad- kontrabanda va kontrafakt mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish va sotish, mahsulotlarni qonuniy aylanishini oldini olish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, deyilgan hujjat matnida.