TOShKENT, 1 okt — Sputnik. “Jenoa” sport direktori Daniele Fadjiano Metaraitings portaliga bergan intervyusida Italiya futbol klubi tez orada Eldor Shomurodov tranferini amalga oshirishini tasdiqladi.
“Biz bitim shartlarini kelishib oldik. O‘ylaymanki, yaqin kunlarda Shomurodov Italiyaga keladi. Umid qilamanki, bu juda tez orada ro‘y beradi”, - dedi Fadjiano.
Ma’lumotlarga qaraganda, "Jenoa" futbolchiga yiliga 700-800 ming yevro maosh taklif qilmoqda. Uning transferi uchun 9 mln yevro sarflaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning “Rostov” klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov A Seriyasi klubiga o‘tishi mumkinligi va unnga “Jenoa” klubi qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.