TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Rossiya, AQSh va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin, Donald Tramp va Emmanuel Makron Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatga oid qo‘shma bayonot berdi.
Davlat rahbarlari mintaqadagi keskinlikni qat’iyan qoralashgan va tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishgan.
“Biz ishtirok etayotgan tomonlarning qurolli kuchlari o‘rtasidagi harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiramiz. Shuningdek, biz Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarini zudlik bilan vijdonan va dastlabki shartlarni ilgari surmasdan YeXHTning Minsk guruhi hamraislari ko‘magida hal qilish bo‘yicha muzokaralarni tiklashga chaqiramiz”, - deyiladi Kreml saytida e’lon qilingan qo‘shma bayonotda.
Dunyoda Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga qanday munosabat bildirildi va kim "olovga yog‘ quymoqda"?
Shuningdek, prezidentlar halok va yaradorlar bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirishgan.