YeTTB “Issiqlik elektr stansiyalari”ni 88,6 mln € miqdorida moliyalashtiradi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri
Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bank Direktorlar kengashi kuz-qish davrida O‘zbekiston energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida ushbu loyihani ma’qullagan.

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) “Issiqlik elektr stansiyalari” AJni 88,6 mln yevro miqdorida moliyalashtirishni ma’qulladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning bank prezidenti vazifasini bajaruvchi Yurgen Rigterink bilan muzokaralarida ma’lum qilindi.

Bank Direktorlar kengashi tomonidan kuz-qish davrida O‘zbekiston energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida “Issiqlik elektrostansiyalari” AJ 88,6 mln yevro miqdorida moliyalashtirilishini ma’qullagan.

Shuningdek, YeTTB "Masdar" (BAA)ning “Navoiy viloyati Karmana tumanida 100 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasini qurish” loyihasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari amirlik kompaniyasiga 60,0 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratish orqali qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.

Videokonferensiya davomida tomonlar energetika, sog‘liqni saqlash va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida O‘zbekistonda davlat xususiy sheriklik shartlariga asoslangan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar.

Bankning kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturini kengaytirishga tayyorligi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0