Savdo-sotiq, gidroenergetika va COVID-19: Aripov va Rahmon nimalarni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta respubliki TadjikistanPrezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon prinyal Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan Abdullu Aripova
Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon prinyal Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan Abdullu Aripova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulla Aripov Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Uchrashuvda qator masalalar muhokama qilindi.

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Dushanbe shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tojikiston davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Uchrashuv doirasida tomonlar Tojikiston-O‘zbekiston munosabatlarining holati va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Suhbat chog‘ida o‘zaro tovar almashish hajmining tobora o‘sib borayotgani qayd etildi va Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining faol ishi ta’kidlandi.

“Yangi koronavirus infeksiyasi pandemiyasi sharoitida hamkorlikni kengaytirishga oid dolzarb masalalar muhokamasi chog‘ida Rahmon fursatdan foydalanib, barcha uchun og‘ir damlarda ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami uchun o‘zbek do‘stlariga yana bir bor minnatdorchilik bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Suhbat chog‘ida Aripov va Rahmon ikki davlat savdo-iqtisodiy aloqalariga dunyo inqirozining salbiy ta’siriga barham berish uchun zaruriy choralar ko‘rilishi tarafdori ekanliklarini bildirishdi. So‘ngra o‘zaro tovar almashish tuzilmasini diversifikatsiya qilish, savdo-sotiqda texnik to‘siqlarni bartaraf etish, savdo uylari, kompaniyalar vakolatxonasi va filialini ochish yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birgan tomonlar gidroenergetikadagi hamkorlik muhimligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi 29 sentabr kuni Dushanbe shahriga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Abdulla Aripov Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan ham uchrashdi.

Yangiliklar lentasi
0