TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Qozon shahridan O‘zbekiston fuqarolarini o‘z vataniga qaytarish bo‘yicha charter parvozlarga biletlar sotish boshlandi deb xabar qilmoqda Uzbekistan Airways.
Parvozlar 1-oktabrdan quyidagi jadvalga asosan amalga oshiriladi:
Qozon - Toshkent, HY 3650, 11:00 - 16:30.
Aviakompaniya saytida ma’lum qilinishiga ko‘ra, parvozlar haftada bir necha marotaba amalga oshiriladi v chipta narxi ekonom klass uchun 344 dollar, biznes klass uchun 554 dollarni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Rossiyanin Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridan O‘zbekistonga har kuni parvozlar amalga oshirilmoqda. Yo‘lovchilardan COVID-19 kasallanmagani to‘g‘risida ma’lumotnoma talab qilinadi. Ma’lumotnoma parvozdan 72 soat oldin olingan PZR tashhisi asosida bo‘lishi kerak.