JSST koronavirusdan o‘lim statistikasiga shubha bildirdi

© AP Photo/Ebrahim NorooziPoxoroni cheloveka, skonchavshegosya ot COVID-19
Poxoroni cheloveka, skonchavshegosya ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
COVID-19 qurbonlari soni bugunga kelib bir milliondan oshib ketgan. Dunyo bo‘ylab 33,5 milliondan ziyod kishi koronavirus yuqtirib olgan.

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti  (JSST) sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlarining soni rasmiy ma’lumotlardan ko‘ra, hoynahoy, kamroq ekanini ma’lum qildi.

Vrachi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston COVID-19dan o‘lim holatlari bo‘yicha dunyoda eng past ko‘rsatkichni ta’minladi

“Sizni tinchlantirish uchun - mamlakatlardagi baxtsiz hodisalar yoki boshqa kasalliklarning COVID-19 ga yozib qo‘yilishi dargumon. Ehtimol, bu hisob-kitoblar mukammal emasdir. Bu raqamlar koronavirus bilan bog‘liq barcha holatlarini (COVID dan o‘lim – tahr.) o‘z ichiga olmaydi deb taxmin qilish mumkin”, – dedi Rayan onlayn brifingda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.

JSST 11-mart kuni yangi koronavirus tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi.

COVID-19 qurbonlari soni bugunga kelib bir milliondan oshib ketgan. Dunyo bo‘ylab 33,5 milliondan ziyod kishi koronavirus yuqtirib olgan.

Worldometers ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p o‘lim AQSh (209 ming), Braziliya (142 ming) va Hindistonda (96 ming) qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0