TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 374 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 252 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 176 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Bugunning o‘zida 393 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 52 859 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foiz.
Ayni paytda 2 928 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi.
O‘zbekistonda jami 465 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali qaytishni hozircha rejalashtirmang – TIV
O‘zbekiston TIV so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasi 1-oktabridan ochilishi haqida tarqatilayotgan xabarlarga ishonmaslikka chaqirmoqda. Hozirda vatanga qaytishni istagidagi O‘zbekiston fuqarolari uchun avia, temir yo‘l va avtobus charter qatnovlari tashkil etilmoqda. Ushbu reyslarga chiptalar onlayn tarzda sotilmoqda.
Charter
Uzbekistan Airways Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish maqsadida amalga oshirilayotgan charter parvozlar yangi jadvalini e’lon qildi.
Shuningdek, Qozon shahridan O‘zbekiston fuqarolarini o‘z vataniga qaytarish bo‘yicha charter parvozlarga biletlar sotish boshlandi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 33,6 milliondan oshdi, 1 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 24,9 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (7,4 mln), Hindistonda (6,1 mln), Braziliyada (4,7 mln).