Ozarbayjon va Armaniston o‘q otishni to‘xtatish haqida kelishuvga erisha oladimi?

Obuna bo‘lish
Tog‘li Qorabog‘da vaziyat yangi kuch bilan keskinlashdi. 27-sentabrda tan olinmagan respublikada qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. Qarama-qarshi kuchlar - Ozarbayjon va Armaniston bir-birini provokatsiyada ayblamoqda.

Ikkala mamlakat dushman hujumi va majburiy qarshilik operatsiyasini e’lon qiladi. To‘qnashuvlar harbiylar va tinch aholi orasida qurbonlarga olib kelmoqda.

1994 yildan beri Qorabog‘da bunday keskin vaziyat bo‘lmagandi - ochiq to‘qnashuvlar susaygandi. Ammo qarama-qarshilik davom etdi. Tog‘li Qorabog‘ huquqiy jihatdan Ozarbayjon yeridir, garchi 1991-yilda, referendum natijasida respublika o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Tog‘li Qorabog‘ning mustaqilligi hanuz dunyoda tan olinmagan. Tarixan esa Tog‘li Qorabog‘da asosan armanlar yashaydi.

Hozirgi bahsli hududdagi vaziyat haqida batafsil videomizda.

Yangiliklar lentasi
0