TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Yopiq chegaralar tufayli uyiga qayta olmagan umumiy hisobda qariyb 13,5 ming nafar o‘zbekistonliklar Rossiyaning Samara viloyatidan vataniga olib kelindi.
“28 sentabr soat 7:00 holatiga ko‘ra (Moskva vaqti bilan soat 6:00) Samara viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘planishi yo‘q. Markaziy Osiyo fuqarolarining butun to‘planish davomida yashash joyiga 13 435 kishi jo‘natildi”, - deya ma’lum qildi RIA Novostiga viloyati hukumati.
Hozirda vaqtincha yashash punktida hech kim qolmagan, Kinel tumanidagi chodirli lager yig‘ishtirilgan.
27 sentabr kuni Samara viloyatidan 750 nafar mamlakat fuqarolari avtobuslarda O‘zbekistonga olib kelindi. Bunga qadar ularni olib kelish uchun maxsus poyezdlar ham tashkillashtirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 17-sentabrdan boshlab Moskvadan kuniga 2 marotaba aviaparvozlar tashkil qilishni boshlagan edi. Shuningdek, Sankt-Peterburg va Moskvadan Toshkentga qo‘shimcha charter reys qo‘yilgan. Ayni damda chiptalar erkin savdoda sotilmoqda.
TIV fuqarolarga murojaat qilib, Rossiya hududida bo‘lgan vatandoshlardan poyezd stansiyalarida to‘planmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilishlarini yana bir bor so‘ragan edi.