TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekistonga xorijdan 230,6 ming dona televizor va uning qismlari import qilindi, deb xabar qildi Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.
1 sentabr holatiga ko‘ra, respublikaga qiymati 5,3 million dollarga teng bo‘lgan 230,6 ming dona televizor va uning qismlari import qilingan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu yil televizor va uning qismlari importiga 2,8 million dollar kam sarflangan.
O‘zbekiston 26 ta davlatdan televizor va uning qismlari import qilgan. Import hajmi yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy (3,2 mln.), Koreya (820 ming), Qozog‘iston (435,6 ming) va 87 ming dollar bilan Germaniyani ko‘rish mumkin.
Respublikada o‘tgan yili qiymati 946,3 mlrd. so‘mlik 951 ming dona televizor ishlab chiqarilgan.