Abdulla Aripov ertaga Tojikistonga tashrif buyuradi

© Pravitelstvo Kirgizskoy respublikiPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribil s rabochim vizitom v Kirgizstan
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribil s rabochim vizitom v Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbe shahrida O‘zbekiston bosh vaziri boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etadi.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2020-yil 29-sentabr kuni Dushanbe shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etadi.

V Spitamenskom rayone Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana sostoyalas torjestvennaya seremoniya sdachi v ekspluatatsiyu novoy shkoli. - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda O‘zbekiston bunyod etgan maktab ochildi

Komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston – Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida Biznes-forum va Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Tojikistonga tashrif buyurishi sentabr boshida ma’lum bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0