COVID-19: Moskvada kasallanish keskin oshdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishJenshina v zashitnoy maske v vagone poyezda na stansii metro "Novokuzneskaya" v Moskve
Jenshina v zashitnoy maske v vagone poyezda na stansii metro Novokuzneskaya v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘n kundan buyon Rossiya poytaxtida koronavirus bilan kasallanish ko‘paymoqda. Bir necha oydan ilgari ko‘rsatgich 600-700 taga tushgan bo‘lsa, bugunga kelib 2000 mingtadan oshib ketdi.

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Rossiyada o‘tgan kun davomida 7867 ta yangi koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Shulardan 2016 tasi Moskvada. Bu haqda Moskva tezkor shtabi xabar qilmoqda.

Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1 151 438 nafarga yetgan. Ulardan 943 218 nafari bu kasallikni yenggan. 20 324 kishi virus qurboniga aylangan.

Prezentatsiya poyezda metro novogo pokoleniya Moskva-2020 - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada o‘zini o‘zi yakkalash tartibi yana kuchaytirildi

Moskvada koronavirus bilan kasallanganlar 285 776 nafarni tashkil etmoqda. 245 131 kishi tuzalib ketgan. 5164 kishi koronavirusdan vafot etgan.

O‘n kundan buyon Rossiya poytaxtida koronavirus bilan kasallanish ko‘paymoqda. Bir necha oydan ilgari ko‘rsatgich 600-700 taga tushgan bo‘lsa, bugunga kelib 2000 mingtadan oshib ketdi.

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyada koronavirus bilan kasallanish holatlarining ko‘payishi fuqarolarning sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilmay qo‘yganliklari va o‘tkir respirator infeksiyalari mavsumi boshlangani bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada shahar meri farmoni bilan 28-sentabrdan boshlab koronavirusga qarshi kurash choralari kuchaytirilishi xabar qilingan edi.

Worldometers ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 32 milliondan ziyod  kishi koronavirus yuqtirib olgan. Qurbonlar soni 1 millionga yaqinlashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0