BAAda oshpazlikni taklif qilib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan ayol qo‘lga olindi

© AFP 2023 / OLGA MALTSEVAJenshina legkogo povedeniya v gostinitse
Jenshina legkogo povedeniya v gostinitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayol tanishini Sankt-Peterburgdan Dubayga chaqirib oladi. Va’da qilingan oshpazlik ishi o‘rniga ijaraga olingan uyida uni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qiladi.

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarida odam savdosi bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 36 yoshli surxondaryolik ayol A.N. BAAning Alayn shahrida yurgan vaqtida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lgan tanishi 29 yoshli samarqandlik G.M.ga oshpaz yordamchisi bo‘lib ishlashni taklif qilgan. “Olmaota-Dubay” yo‘nalishiga chipta xarid qilib, uni Dubay shahrida kutib oladi.

Qidiruvdagi urganchlik ayol BAAda qo‘lga olindi

Yo‘l xarajatlariga 2000 dollar sarflaganligini aytib, tanishining fuqarolik pasportini olib qo‘yadi. Va’da qilingan oshpazlik ishi o‘rniga Alayn shahridagi ijaraga olingan uyida uni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qiladi.

Samarqand viloyati IIB Transportda JXT bo‘limi huzuridagi TB tomonidan 2017-yilning 18-may kuni N.A.ga nisbatan JKning 135-moddasi 2-qismiga (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hududiylik bo‘yicha Surxondaryo viloyati IIBga yuboriladi va Sho‘rchi tuman IIB tomonidan ayol qidiruvga beriladi.   

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida A.N. shu yilning 25-sentabr kuni BAAdan “Dubay-Toshkent” yo‘nalishli aviareysi orqali olib kelingan va tegishli ichki ishlar idorasiga topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0