Armaniston harbiy holat va umumiy safarbarlik joriy etdi

© Sputnik / Asatur Yesayans Flag Armenii. Arxivnoe foto
Flag Armenii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Armaniston hukumati Tog‘li Qorabog‘dagi hodisalar tufayli mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Armaniston hukumati Tog‘li Qorabog‘dagi hodisalar tufayli mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qildi.

Voyennoslujashiy armanskoy armii na boyevoy pozitsii - Sputnik O‘zbekiston
Armaniston uchta Ozarbayjon vertolotini urib tushirganini ma’lum qildi

“Hukumat qarori bilan Armaniston Respublikasida harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qilinmoqda. Qaror e’lon qilingandan so‘ng kuchga kiradi. Qo‘shinlarga yozib qo‘yilgan shaxsiy tarkibni o‘zlarining hududiy harbiy komissarligiga hozir bo‘lishga chaqiraman”, - deya yozgan Pashinyan Facebookʼda.

Tog‘li Qorabog‘dagi tutash chegaralarda navbatdagi vaziyat keskinlashgani bugun ertalab ma’lum bo‘ldi.

Boku va Yerevan vaziyatni keskinlashtirishda bir-birini aylamoqda. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman tomoni o‘t ochgani, ozarbayjon tomoni esa hujumga qarshi amaliyotni boshlaganini ta’kidlamoqda. Armaniston Mudofaa vazirligi Qorabog‘ Ozarbayjon tomonidan havo va raketa hujumiga uchraganini ma’lum qilmoqda.

Zdanie MID RF - Sputnik O‘zbekiston
Qorabog‘dagi vaziyat: Rossiya TIV tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni bas qilishga chaqirdi

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Tog‘li Qorabog‘ mojarosi tomonlarini zudlik bilan o‘t ochishni bas qilishga chaqirgani xabar qilingan edi.

Qorabog‘ mojarosi 1988-yilning fevralida, Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati o‘zining Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqishi haqida e’lon qilganida boshlangan edi. 1992-1994 yilgi qurollangan qarama-qarshilik davomida Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ va unga qarashli yettita tuman ustidan nazoratni boy bergan. 1992-yildan buyon OBSEning Minsk guruhi doirasida - hamraislar - Rossiya, AQSh va Fransiya boshchiligida mojaroni tinch yo‘l bilan bartaraf etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazib kelinadi. Ozarbayjon o‘z hududi yaxlitligini saqlab qolishga qattiq turib olgan. Armaniston tan olinmagan respublika manfaatlarini himoya qilib keladi, chunki Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi muzokaralar tomoni emas.

Yangiliklar lentasi
0