O‘zbekiston Rossiyadan 35 million dona "Sputnik V" vaksinasini sotib oladi

© RFPI i Sentr imeni Gamalei / Mediabankka o‘tishPervaya v mire vaksina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston farmakompaniyasi Rossiyadan 35 million dona "Sputnik V" vaksinasi sotib olish haqida kelishuvga erishdi.

TOShKENT, 25 sen - Sputnik. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RFPI) va O‘zbekistonning LAXISAM farmatsevtika kompaniyasi 35 mln. doza "Sputnik V" vaksinasi yetkazib berishga kelishib olishdi, deb xabar qildi RFPI. 

"O‘zbekiston taaluqli organlari vaksinani belgilangar tartibda ro‘yxatdan o‘tkazganidan so‘ng, 2020-yilda Respublikaga 10 million doza vaksina va 2021-yilda yana 25 million  doza vaksina yetkazib beriladi", - deyilgan rasmiy xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, koronavirusga qarshi dunyoda birinchi yaratilgan "Sputnik V" vaksinasi Rossiyaning Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan ishlab chiqarilgan. Yangi vaksina 11-avgust kuni Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi. Ayni damda uning 3-bosqich, yakuniy sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Ayni damda RFPI 2020-2021 yillar uchun dunyoning 50dan ortiq mamlakatlarida "Sputnik V" vaksinasi uchun 1,2 milliarddan ortiq buyurtma olgan. Xususan, Hindistonga -100 mln., Meksikaga - 32 mln., Braziliyaga 50 mln. dona vaksina yetkazib berish haqida kelishib olingan. 

LAXISAM - O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi yirik farmatsevtika kompaniyasi bo‘lib, u o‘zining ishlab chiqarish korxonalari va dorilar yetkazib berish tarmqg‘iga ega.

Yangiliklar lentasi
0