Hokimlarni xalq saylashi kerak - prezident

Obuna bo‘lish
Tadbirkorlik rivojlanishi qoniqarsiz deb topilgan tumanlarga istagan kishi rahbarlikka da’vo qilishi mumkin. Buning uchun u hududni rivojlantirish dasturini mahalliy kengashlarda himoya qilib, xalq vakillarini ishontirishi kerak.

TOShKENT, 25 sen - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 24-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Respublika tuman va shaharlaridagi tadbirkorlik muhiti muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie, posvashennoe obsujdeniyu prioritetnix zadach v sisteme narodnogo obrazovaniya. - Sputnik O‘zbekiston
“Hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi” —Mirziyoyev tadbirkor mulkini olib qo‘yish haqida

Xususan, O‘zbekistonda ilk bor tuman va shaharlardagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash muhiti, infratuzilma va mavjud resurslardan foydalanish darajasi o‘rganildi. Tahlillar asosida har bir tumanga tadbirkorlik rivoji holati “yaxshi”, “o‘rta” va “qoniqarsiz” deb bho berildi. Yakuniy hisobotga ko‘ra, 48 ta tumanda va shaharda tadbirkorlik holati “yaxshi”, 119 tasida - “o‘rta” hamda 33 tasida - “qoniqarsiz”, deb baholandi.

Tadbirkorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng salbiy natija Nukus, Baliqchi, Bekobod, Xovos, Baxmal, Mirzacho‘l, Yangiqo‘rg‘on, Shovot, Kasbi, Qumqo‘rg‘on, Uchtepa kabi tumanlarda aniqlangan.

Prezident ushbu tumanlar rahbarlarini keskin tanqid qilib, kelajakda tuman hokimlarini xalq saylashi tartibi joriy etilishini aytib o‘tdi. 

"Odamlarimiz turmushini yaxshilashga harakat qilmagan rahbar bir kun ham ishlamaydi <...> Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz, – deya ta’kidladi Prezident.

“Qoniqarsiz” hamda “o‘rta” deb baholangan tuman va shaharlarda inqirozga qarshi boshqaruv tizimi joriy etilishi belgilandi. Ya’ni, ularga rahbarlik qilish istagini bildirgan har qanday talabgor hududni rivojlantirish dasturini mahalliy kengashlarda himoya qilishi mumkin. Xalq vakillarini ishontira olgan salohiyatli kishilar butun jamoasi bilan tumanga rahbar etib tayinlanadi.

Peredacha portfelya iz ruk v ruki - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev tashrifidan so‘ng Xorazmning uch tumanida hokim o‘zgardi

Ushbu tumanlarda muhandislik kommunikatsiyalarini yaxshilab, kichik sanoat zonasi tashkil etish, yaylovlarda chorvachilik, qorako‘lchilik, yilqichilikni rivojlantirish, chegaraoldi savdo va xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.  

Yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan tuman va shahar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari maoshiga 30 % ustama tayinlanib, ahvol qoniqarsiz bo‘lgan hududlar rahbarlariga jarima qo‘llanishi aytib o‘tildi.

 

Yangiliklar lentasi
0