Namanganda yangi hokim tayinlandi

© Informagentstvo UzAShavkat Abdurazzakov — i.o. xokima Namanganskoy oblasti
Shavkat Abdurazzakov — i.o. xokima Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Respublikasi ekologiya qo‘mitasi raisi Abdurazzoqov Shavkat Shokirjonovich viloyatga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

TOShKENT, 25 sen - Sputnik. Namangan viloyati hokimi o‘zgardi, deb xabar qilmoqda O‘zA. 

Bugun, 25-sentabr kuni, Namangan viloyati hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, - deyilgan xabarda.

Namangan viloyati hokimi vazifasida ishlab kelgan Xayrulla Bozorov  Farg‘ona viloyatiga hokim etib tayinlanishi mumkin. Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev esa boshqa ishga o‘tishi kutilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0