Farg‘onaga yangi hokim tayinlandi, Shuhrat G‘aniyev boshqa ishga o‘tdi

© Xalk SuziShuxrat Ganiyev - xokim Ferganskoy oblasti
Shuxrat Ganiyev - xokim Ferganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan hokimi Farg‘onaga hokim bo‘ldi. Farhona hokimi Shuhrat G‘aniyev esa Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

TOShKENT, 25 sen - Sputnik. Bugun Farg‘ona viloyatiga yangi hokim tayinlandi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar. 

25 sentabr kuni, Farg‘ona shahrida Abdulla Aripov boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Namangan viloyati hokimi vazifasida ishlab kelgan Xayrulla Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi etib tayinlandi, - deyilgan xabarda.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev esa bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Namangan viloyatiga Xayrulla Bozorov o‘rniga O‘zbekiston Ekologiya qo‘mitasi rahbari vazifasida ishlab kelgan Shavkat Abdurazzoqov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0