TOShKENT, 25 sen - Sputnik. AQSh hukumati federal darajada o‘lim jazosiga kiritilgan 17-yillik moratoriy bekor qilingach ilk afroamerikalikni qatl etdi, deb xabar qiladi mahalliy WTHI kanali.
Kristofer Vialva 1999-yil Texasda nasroniy faollar bo‘lgan yosh er-xotin qotilligi uchun oliy jazoga hukm qilingan edi. Halok qiluvchi inyeksiya yordamidagi qatl Indiana shtatidagi Terre-Xot qamoqxonasida amalga oshirilgan.
Joriy yil iyul oyida AQSh Oliy sudi sal oldin quyi instansiya sudlari tomonidan joriy etilgan moratoriyni bekor qilib, 17-yil deganda birinchi marta AQSh federal sudlarida qatllar amalga oshirilishi mumkinligi haqida qaror e’lon qilgandi.
Birinchi o‘lim jazosiga hukm qilingan amerikalik - 47 yashar Deniyel Lyuis Li bo‘ldi. U ham Indiana shtatidagi Terre-Xot federal qamoqxonasida saqlanib kelgan.
Federal o‘lim jazosining qayta tiklanishi AQSh uchun ramziy ma’noga ega, chunki bu yerda aksariyat qatllar federal hukumat emas, balki alohida shtatlar yurisdiksiyasi ostida o‘tar edi.