TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Turkiya mutaxassislari mamlakatda Osiyo yo‘lbars chivinining tez tarqalish holatini qayd etishdi. Bu haqda RIA Novosti HabberTurk nashriga asosan xabar qildi.
Istanbulning katta tumanlarida xavfli hasharotlarning to‘planishi aniqlandi, ta’kidlanishicha, ular ilgari hududda bo‘lmagan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu turdagi chivinlar o‘ta moslanuvchan.
“Bu chivinlar kun bo‘yi hujum qiladi, ayniqsa odamlar ochiq havoda bo‘lganda. U boshqa chivinlarga qaraganda ancha tajovuzkor, sariq isitma va Zika virusi kabi kasalliklarni tashishi mumkin", - deydi Istanbul universiteti dotsenti Kerem Etera.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi kasalliklarga chalinish xavfidan tashqari, Osiyo yo‘lbars chivinining chaqishi allergik reaksiyani kuchaytirib, uzoq vaqt qichishish va qizarishni keltirib chiqaradi.