Nyu-Yorkda apokalipsisga qancha vaqt qolganini ko‘rsatuvchi taymer paydo bo‘ldi

© ClimateclockKlimaticheskie chasi: v Nyu-Yorke poyavilsya taymer, otschitivayushiy dni do apokalipsisa
Klimaticheskie chasi: v Nyu-Yorke poyavilsya taymer, otschitivayushiy dni do apokalipsisa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Installyatsiya ochilgan vaqtda soatlar insoniyatga 7-yilu 102 kun vaqt bergan. Millar sayyorada uglevodorod zaxiralari tugaydigan vaqtga qadar teskari hisobni yuritadi.

TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Nyu-Yorkda iqlimiy apokalipsisga qadar kunlarni sanaydigan taymer paydo bo‘ldi.

Qiziqarli raqamli installyatsiya Manxettendagi Yunion-skverda o‘rnatilgan.

Kitayes nauchil akvariumnix pitomsev igrat v futbol - Sputnik O‘zbekiston
Xitoylik baliqlarga futbol o‘ynashni o‘rgatdi – g‘aroyib o‘yin kadrlari

"Soatlar sayyorada uglevodorod zaxiralari tugaguniga qadar teskari hisobni olib boradi", - deyiladi xabarda.

"Iqlimiy soatlar" mualliflari rassomlar - Gan Golan va Endryu Boydligi aytilmoqda.

Shunisi e’tiborga molikki, installyatsiyaning ochilish vaqtida soatlar insoniyatga 7-yil va 102 kun vaqt bergan.

Loyiha izohlarida yozilishicha, agar sanoat o‘zining uglevodorodlarga munosabatini o‘zgartirmasa, ko‘rsatilgan vaqtga kelib sayyorada tuzatib bo‘lmas o‘zgarishlar ro‘y beradi va buning oqibatida tabiiy ofatlar va iqtisodiy katastrofalar yuz berishi mumkin.

Soat millarida umidbaxsh ma’lumotlar aks etgan - bu qayta tiklanuvchi manbalardan olinadigan jahon energiyasi foizidir.

Hozirda bu ko‘rsatkich 27,7%dan ortiqni tashkil qilmoqda. Iqlimiy apokalipsisni oldini olish uchun bu raqamni yuzgacha yetkazmoq jozi.

Yangiliklar lentasi
0