Namanganda qachon “Hyundai” zavodi qurilishi boshlanishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishAvtomobil Hyundai Solaris
Avtomobil Hyundai Solaris - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Hyundai Motors” Janubiy Koreya kompaniyasining investitsion loyihaning texnik parametrlarini hal etishiga qarab, loyihani amalga oshirishni 2020-yil oktabr oyining oxirigacha boshlash mo‘ljallanmoqda.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida “Hyundai” tijorat avtomobillarini ishlab chiqaradigan zavod qurilishi 2020-yil oktabr oyining oxirigacha boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov  Koreya Savdo, sanoat va energetika vazirligi huzuridagi Koreys-o‘zbek assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon bilan uchrashgan.

Uchrashuv davomida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida “Hyundai” tijorat avtomobillarini ishlab chiqaradigan zavod qurilishi bo‘yicha loyihani amalga oshirishning keyingi amaliy bosqichlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

“Hyundai Motors” Janubiy Koreya kompaniyasining investitsion loyihaning texnik parametrlarini hal etishiga qarab, loyihani amalga oshirishni 2020-yil oktabr oyining oxirigacha boshlash mo‘ljallanayotgani ta’kidlandi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, tijorat avtomobillari uchun butlovchi va ehtiyot qismlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga yo‘naltirilgan istiqboldagi qo‘shma loyihalar bo‘yicha fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangandagi “Hyundai” avtomobillar ishlab chiqarish zavodi qurilishini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya shartnomasi imzolangani xabar qilingan edi. Undan avval esa “Hyundai” kompaniyasi 2020-yilning fevral oyidan Namangan viloyatida avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0