Yil davomida 3,6 mln qadam yurgan kishilarga imtiyoz beriladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishUchastnitsa marafona
Uchastnitsa marafona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir kunda kamida 10 ming, bir oy davomida 300 ming, bir yil davomida 3,6 mln qadam yurgan shaxsga barcha davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 50 foiz imtiyoz berilishini hamda sport inshootlaridan foydalanish uchun abonement taqdim etilishi mumkin.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Hujjatda  “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar:

a) aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida “Yangi nafas” platformasini yaratsin va uning ishlash tartibini tasdiqlasin. Bunda, bir kunda kamida o‘n ming, bir oy davomida uch yuz ming, bir yil davomida 3,6 mln qadam yurgan shaxsga barcha davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 50 foiz imtiyoz berilishini hamda sport inshootlaridan foydalanish uchun abonement taqdim etilishini nazarda tutsin;

b) Adliya vazirligi “Yangi nafas” platformasini davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin”, - deyilgan.

Shuningdek, qarorga “Pandemiyani sport orqali yengamiz!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Respublikasida 2020-2021 yillarda sport siyosatini jadallashtirish dasturi ilova qilingan.

Yangiliklar lentasi
0