Samarqand viloyatida "tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish oyligi" e’lon qilindi

© SputnikSentr reabilitatsii dlya jenshin, gorod Tashkent
Sentr reabilitatsii dlya jenshin, gorod Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xotin-qizlar tomonidan spirtli ichimlik ta’sirida qotillik, badanga og‘ir tan jarohati yetkazish, ayniqsa oila-turmush doirasidagi jinoyatlarga barham berilmayotganligi tashvishli xoldir, deya xabar qilgan viloyat IIB

TOShKENT, 23 sen - Sputnik. Samarqand viloyatida xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan og‘ir jinoyatlar soni kamaymayapti. O‘tgan 8 oy davomida viloyat xotin-qizlar tomonidan 183 ta jinoyatlar sodir etilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Postradavshaya ot domashnego nasiliya jenshina iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Ruhiy va jismoniy zo‘ravonliklarga uchrab, reabilitatsiya markaziga keltirilgan ayollar qismati

"Mahallalarda oilalarga kirilib yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar o‘rganilmayotganligi natijasida, xotin-qizlar tomonidan spirtli ichimlik ta’sirida qotillik, badanga og‘ir tan jarohati yetkazish, ayniqsa oila-turmush doirasidagi jinoyatlarga barham berilmayotganligi tashvishli xoldir. Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning 8 oyi davomida viloyat hududida xotin-qizlar tomonidan 183 ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, ushbu jinoyatlarda 198 nafar xotin-qizlar ishtirok etgan", - deyiladi xabarda.

O‘tgan 8 oy davomida 86 nafar xotin-qizlar jinoyatdan jabrlangan.

Oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, tazyiq va zo‘ravonlik sodir etish ehtimoli mavjud shaxslar bilan profilaktik tadbirlar samarasiz tashkil etilayotgani sababli ko‘plab xotin-qizlar tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgani kuzatilgan.

Joriy yilning 8 oyi davomida 254 ta holatda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarga himoya orderlari berilgan. 

Zamnachalnika upravleniya profilaktiki pravonarusheniy GUVD Tashkenta po voprosam jenshin mayor Maksuda Xujanazarova - Sputnik O‘zbekiston
Himoya orderi nima va uni qanday olsa bo‘ladi - mayor Xo‘janazarova bilan suhbat

Shuningdek, jinoyat sodir etish hamda jinoyat qurboni bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan xotin-qizlarning ro‘yxatlari rasmiyatchilik uchun shakllantirilib, ushbu toifadagi shaxslar bilan individual tarzda ishlar tashkil etilmaganligi oqibatida ushbu toifadagi xotin-qizlar tomonidan jinoyat sodir etilishi, jinoyat qurboni bo‘lib qolish holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda.

Xotin-qizlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishi, tazyiq va zo‘ravonlik, shar’iy nikoh va erta turmushlarning oldini olish shuningdek maqsadida 20-sentabr kunidan 20-oktabr kuniga qadar viloyat miqyosida "Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish oyligi" maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazilishi belgilanmoqda.

Oylik davomida, jinoyat sodir etish va jinoyat qurboni bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘lgan, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning ro‘yxati sektorlar va mahallalar kesimida qaytadan shakllantirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0