TOShKENT, 23 sent — Sputnik. Tumen davlat universiteti (TumGU) olimlari rossiyalik hamkasabalari bilan birgalikda patogenlarning dori vositalariga qarshiligini yenga oladigan universal tabiiy antibiotik topishdi. Ushbu ilmiy ish matni Applied Biochemistry and Microbiology jurnalida chop etilgan. RIA Novosti xabariga asosan.
Yangilik kashfiyotchilari ushbu modda inson va hayvonlarga aksariyat bakteriya va griboklarga qarshi samarali kurashda yordam berishi mumkin.
Olimlar aytishiga qaraganda, farmakologiyaning asosiy vazifalaridan biri – bu mavjud antibiotiklar ta’sir qilmaydigan mikroorganizmlarga (MDR, XDR) qarshi tabiiy antibiotik topishdir.
TumGU olimlari Emericellopsis alkalina zamburug‘idan olinadigan emeritsillipsina A peptidining unikal xususiyatini aniqlashdi. Ushbu modda bakteriyalarda bioplonka paydo bo‘lishini oldini oladi va natijada ularning antibiotiklarga qarshilik ko‘rsatish xususiyati yo‘qoladi.
Ixtiro muallifi aytishiga ko‘ra, yangi moddaning asosiy davolash xususiyati – uning universalligidadir. Emeritsillipsinom A nafaqat MDR va XDR bakteriyalarga, bialkim barcha patogen eukariotlarga qarshi ta’sir qiladi. Masalan — mitsellial zamburug‘lar va drojjlar.
"Emeritsillipsin A eukariotlar va prokariotlarga molekulyar darajada ta’sir qiladi. Eukariotlar — zamburug‘ va o‘simta hujayralari— ularning hujayra membranasi parchalanishi oqibatida, Prokariotlar esa – biopleyonka yo‘q qilinishi oqibatida yo‘q qilinadi", — deydi TumGUning X-BIO labaratoriyasi katta ilmiy xodimi Yevgeniy Rogojin.
Olimlar ta’kidlashiga ko‘ra, emeritsillipsin A – o‘simtalarga va turli bakteriya hamda griboklarga qarshi kurashda yordam berishi mumkin. Ushbu modda boshqa dorilar tarkibiga kiritilishi yoki mustaqil davolovchi vosita bo‘lishi ham mumkin. Preparat inyeksiya yoki yaraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri surkash orqali qo‘llanilishi mumkin.
Yangi preparat yaratishda G.F. Gauze nomidagi yangi antibiotiklar topish ilmiy instituti, Rospotrebnadzor Epidemiologiya Markaziy Ilmiy tekshirish instituti hamda RFAning M.M. Shemakin va Yu.A. Ovchinnikov nomidagi Boiorganik kimyo instituti olimlari ham yordam berishgan.
Kelajakda olimlar jamoasi preparatning hujayra modellaridan labaratoriya izlanishlariga o‘tishmoqchi.