Turkiyaga bir necha qizlarni fohishalikka yuborayotgan shaxs qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Fuqaro Toshkent shahar IIBBga murojaat qilib, Shahina ismli tanishi uni Turkiyaga fohishalik qilishga yuborayotganini ma’lum qilgan.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkentda qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali reportajida ma’lum qildi.

12 sentabr kuni Dilfuza ismli shaxs Toshkent shahar IIBBga murojaat qilib, Shahina ismli tanishi uni Turkiyaga fohishalik qilishga yuborayotganini ma’lum qilgan.

Murojaat va olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, Toshkent shahar IIBB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlarisurishtiruv harakatlarini olib borgan.

Dilfuza ismli fuqaro tomonidan aytilgan Shahinaning shaxsiga aniqlik kiritish choralari ko‘rilgan.

O‘zini Shahina deb tanishtirgan shaxs aslida 1990-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan Zokirova Shoyista bo‘lib chiqqan. U Dilfuzani 14-sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga yuborayotgani aniqlandi. 

Zokirova Shoyista yana uch nafar qizni fohishalikka yubormoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. U qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Holat yuzasidan Shoyistaga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135 moddasi 2 qismi “e” bandi bilan (Odam savdosi) jinoyat ishi ochilgan. Hozirda uning yana boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0