Maxsus parvoz: Rossiya Tu-160 bombardimonchilari Belarus chegarasida patrullik qildi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishTajeliy bombardirovshik-raketonoses Tu-160
Tajeliy bombardirovshik-raketonoses Tu-160 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning 2 dona Tu-160 raketa tashuvchi-bombardimonchisi Belorussiyaning NATOga a’zo bo‘lgan davlatlar bilan chegarasida maxsus parvozni amalga oshirdi.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiyaning 2 dona Tu-160 raketa tashuvchi-bombardimonchisi Belorussiyaning janubi-g‘arbiy, g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy chegaralari bo‘ylab maxsus parvozni amalga oshirdi.

Ushbu yo‘nalishda respublika Ukraina va NATO davlatlari – Polsha, Latviya va Litva bilan chegaradosh.

Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, maxsus parvoz "Slavan birodarligi - 2020" qo‘shma harbiy mashqlar doirasida amalga oshirildi.

Uchuvchilar Belorussiya havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari bilan qo‘shma guruhning yerda harakatlarini muvofiqlashtirish mashqini o‘rganiib chiqishdi.

Yangiliklar lentasi
0