Qaysi holatlarda emlash mumkin emas

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya dobrovolsev protiv COVID-19 v Moskve
Vaksinatsiya dobrovolsev protiv COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, OITS kasalligining turli bosqichlarida, vaksinaning asosiy vositasiga allergiya bo‘lsa va bolalarda ba’zi nevrologik kasalliklarni zo‘rayib borishi davrida emlashga ruxsat berilmaydi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva qaysi holatlarda emlash mumkin emasligi xususida ma’lumot berdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 dan tuzalgan bemorlar grippga qarshi emlanishi mumkin. Chunki grippga qarshi vaksina bir yillik vaksina bo‘lib, u har ili uchrashi mumkin bo‘lgan grippning shtammlariga qarshi ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, bu vaksina bilan inson organizmi aynan grippning shu shtammlariga qarshi immunitet hosil qiladi.

“U kovid bilan kasallangan va tuzalgan bemorlarini kuz-qish mavsumida grippning keladigan shtammlaridan ma’lum darajada himoya qiladi yoki kasallikni yengil kechishini ta’minlab beradi”, - dedi shtab a’zosi.

Sevara Ubaydullayeva kimlarni emlash mumkin emasligiga borasida ham to‘xtalib o‘tdi.

Unga ko‘ra:

  • ortirilgan immun tanqis holatlar, ya’ni OITS kasalligini turli bosqichlarida;
  • vaksina tarkibidagi adyuvanti, ya’ni vaksina ishlab chiqilgan asosiy vosita va qo‘shimchalariga nisbatan allergik holat;
  • bolalarda miyaning organik qismida o‘zgarish keltirib chiqaruvchi nevrologik kasalliklarni zo‘rayib borishi davri.

“Barcha somatik kasalliklar avj olish davrida tana haroratining 38° S dan yuqori ko‘tarilishi, diareya, ich ketish, qusish, tutqanoqlar, qon bosimini ko‘tarilishi yoki tushishi, kuchli og‘riq sindromida va hokazolar o‘tib ketganidan keyin shifokor ko‘ruvidan o‘tib sog‘lom deb tashxis qo‘yilganida, tibbiyot muassasida shifokor-immunolog, pediatr yoki terapevt nazorati ostida emlanish kerak”, - dedi u.

Yangiliklar lentasi
0