TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Quva anorlari 7 ta davlat - Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Birlashgan Arab Amirligi, Qozog‘iston, Qirg‘izistonga eksport qilinmoqda.
Ayni vaqtda Farg‘ona bog‘larida pishib yetilgan 3 ming tonnadan ortiq anor eksportga jo‘natildi. Bu haqda DBQ matbuot xizmati xabar qildi.
Qadimdan anorchilik ulkan daromad manbai, kamob va shifobaxsh ne’mat sifatida baholangan. Zamonaviy tibbiyot, xalq tabobatida juda foydali xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jahon bozorida ushbu mahsulotga bo‘lgan talab va taklif yuqori.
“Shu bois anorzorlarni kengaytirish, serhosil, ertapishar navlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu kunga qadar Rishton va Oltiariq tumanlarida 1 ming 400 gektar yangi anorzorlar tashkil etildi.
2025 yilga borib viloyatdagi anor maydonlari 20 ming gektarni tashkil qiladi va yiliga 200 ming tonnadan ortiq anor yetishtiriladi. Bu mavsum davomida 120 ming tonnadan ortiq anor eksportini amalga oshirish imkoniyatini beradi”, - deyilgan xabarda.