Parkent hokimligi xarid qilgan “Captiva” yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rov yuborildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Parkent tumani hokimligi “Captiva” avtomobilini 260 mln so‘mga sotib olgani to‘g‘risidagi xabarlarga e’tibor qaratdi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi tomonidan “Captiva” rusumli avtomobil sotib olingani to‘g‘risidagi xabar yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yubordi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kuni kecha OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi tomonidan “Mega Karer” MChJdan “Captiva” avtomobili 260 mln so‘mga sotib olingani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Xabarda sotuvchi va sotib oluvchi mansabdor shaxsning yaqin qarindoshlik aloqalariga alohida urg‘u berilgan.   

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, haqiqatdan ham Parkent tumani hokimligi “Captiva” xarid qilgan va vositachi korxona ta’sischilaridan biri tuman hokimining o‘g‘li ekanligini tasdiqlagan.

“Yuqoridagi harakatlarda davlat hokimiyati vakilining o‘z mansabidan foydalangan holda korrupsiyaga yo‘l qo‘yish alomatlari mavjudligini inobatga olib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga so‘rovnoma yubordi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda holat yuzasidan OAV va keng jamoatchilikka batafsil ma’lumot berilishi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0