Donald Trampga zaharli modda jo‘natishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

© AP Photo/Andrew HarnikPrezident SShA Donald Tramp v Ovalnom kabinete Belogo doma
Prezident SShA Donald Tramp v Ovalnom kabinete Belogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq CNN telekanali o‘z manbasiga tayangan holda Amerika yetakchisiga zaharli modda solingan maktub jo‘natilgani haqida xabar tarqatgan edi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Kanada va AQSh chegarasida AQSh prezidenti Donald Trampga ritsin zaharli moddasi solingan maktub jo‘natishda gumon qilingan shaxs ushlandi. Bu haqda NBC telekanali manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Avvalroq maktub Kanadadan jo‘natilgani ma’lum qilingan edi.   

Press-podxod D. Trampa pered otletom v Detroyt - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Habib Nurmagomedovni dunyoning eng yaxshi jangchisi deb atadi

CNN telekanali, o‘z navbatida, AQShga kirishga uringan va zahar jo‘natishda gumon qilinishda ayol kishi qo‘lga olinganini xabar qilmoqda. Aniqlik kiritilishicha, u qurollangan bo‘lgan.

Boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

19 sentabr kuni CNN telekanali o‘z manbalariga tayangan holda Amerika yetakchisiga zaharli modda solingan maktub jo‘natilgani haqida xabar tarqatgan edi.

Maktub ichida o‘ta xavfli ritsin moddasi bo‘lgan. Keyinroq FQB zaharli jo‘natma ushlab qolinganini tasdiqlagan.   

Yangiliklar lentasi
0