Chiroqchida gumonlanuvchini kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygan IIB xodimlari qamaldi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishMolotok sudi
Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki IIB profilaktika inspektori qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish moddasi bo‘yicha oqlandi. Ayblanuvchilar 5-yildan 9-yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida gumonlanuvchini kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygan IIB xodimlariga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yanvar oyida Chiroqchi tumanining Langar qishlog‘ida yashovchi fuqaro Yu. A. chorva mollari o‘g‘irligida gumon qilinib, tuman IIB xodimlari tomonidan qattiq kaltaklanishi oqibatida vafot etgan edi.

21 sentabr kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati ushbu jinoyat bo‘yicha hukm chiqardi:

  • N. Ovlayev (Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan) O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 241-1-moddasi (jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) 2-qismi “a”, “b” bandlari, 234-moddasi (qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) 1-qismi, 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) 3-qismi va 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor aybdor deb topildi. Unga o‘tash uchun uzil-kesil 2-yil 6 oy ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
  • A. Janqabilov (Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 3-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga o‘tash uchun uzil-kesil 2-yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
  • Sh. Raxmonov (Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan aybsiz deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 3-bandiga asosan oqlandi.

Uning harakatlari Jinoyat kodeksining 235-moddasi 3-qismidan shu moddaning 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlariga qayta kvalifikatsiya qilindi. Sh. Raxmonov Jinoyat kodeksining 241-1-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 234-moddasi 1-qismi va 235-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga o‘tash uchun uzil-kesil 2-yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

  • A. Tojinorov (Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismining “d” bandi bilan aybsiz deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 3-bandiga asosan oqlandi.

Uning harakatlari Jinoyat kodeksining 235-moddasi 3-qismidan shu moddaning 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlariga qayta kvalifikatsiya qilindi. A. Tojinorov Jinoyat kodeksining 234-moddasi 1-qismi va 235-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga o‘tash uchun uzil-kesil 2-yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

  • B. G‘ayratov (Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 241-1-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga o‘tash uchun uzil-kesil 2-yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 4-yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Yangiliklar lentasi
0