O‘zbek futboli faxriysi Narimon Jalolov vafot etdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaSkonchalsya veteran uzbekskogo futbola Narimon Djalolov
Skonchalsya veteran uzbekskogo futbola Narimon Djalolov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Narimon Jalolov o‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy” faxriy unvoni va “Shuhrat” medali bilan bilan taqdirlangan.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Bugun, 20-sentabr O‘FA Faxriylar kengashi raisi Narimov Jalolov 88 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Narimon Jalolov 1931-yil 23-sentabr kuni tug‘ilgan. Uning tashabbusi bilan Toshkent shahri va viloyatlarida ko‘plab stadionlar qad rostlagan.

1968 yilda “Paxtakor” klubi rahbari sifatida ishlagan va o‘sha davrda jamoa Sobiq Ittifoq kubogining finaliga qadar yetib borgan edi. Mustaqillikning ilk yillarida O‘FF vitse-prezidenti lavozimida ishlagan.

Narimon Jalolov o‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun hukumat tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy” faxriy unvoni va “Shuhrat” medali bilan bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0