Toshkentda qiz yigiti uylanish va’dasida turmagani uchun uning avtomobilini yoqib yubordi

© GUVD g. TashkentaV Tashkente devushka sojgla Jentra svoyego parnya
V Tashkente devushka sojgla Jentra svoyego parnya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yigit keyinchalik qizga uylanishini va’da qilgan, ammo va’dasida turmagan. Umidsizlikda qolgan qiz yigitning “Jentra” avtomobiliga benzin sepib, yoqib yuborgan

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Toshkentda fuqaroning avtomobilini yoqib yuborgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 19-sentabr kuni soat Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga 19 yoshli Sitora G. 23 yoshli Asilbek N.ga tegishli bo‘lgan "Jentra" rusumli avtomobilni yoqib yuborgani haqidagi xabar kelib tushgan.

Tergovoldi tekshiruvlari davomida aniqlanishicha, vaqtinchalik Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi Sitora G. va jabrlanuvchi o‘rtasida ma’lum vaqt muhabbat bo‘lgan.

© GUVD g. TashkentaV Tashkente devushka sojgla Jentra svoyego parnya
Toshkentda qiz yigiti uylanish va’dasida turmagani uchun uning avtomobilini yoqib yubordi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente devushka sojgla Jentra svoyego parnya

Asilbek keyinchalik Sitoraga uylanishini va’da qilgan, ammo va’dasida turmagan. Umidsizlikda qolgan qiz yigitning avtomobiliga ichidan va tashqarisidan benzin quyib, yoqib yuborgan.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0