Rossiya Tu-160 samolyotlari yangi jahon rekordini o‘rnatdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishBombardirovshik-raketonoses Tu-160 "Vladimir Sudes" Voyenno-kosmicheskix sil Rossii
Bombardirovshik-raketonoses Tu-160 Vladimir Sudes Voyenno-kosmicheskix sil Rossii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tu-160 bombardimonchi samolyotlari parvozi yo‘nalishi Shimoliy Muz okeani, Tinch okeani, Karsk dengizi, Laptevlar, Shariy-Sibir, Chukotka, Barensevo dengizlarining neytral hududlari bo‘ylab o‘tgan.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiyaning Tu-160 strategik bombardimonchi samolyotlari 19-sentabr kuni yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Bugun uzoq parvozlar ikki ekipaji Tu-160 strategik raketa tashuvchilarida uzoqqa parvoz qilish va parvoz davomiyligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi. Rossiya HKK uchuvchilari 25 soatdan ko‘proq vaqt havoda bo‘lib, 20 ming kilometrdan ortiq masofani uchib o‘tishdi”, - Rossiya Havo-kosmik kuchlari uzoq parvozlar qo‘mondoni, general-leytenant Sergey Kobilash.  

Rossiyskiy SU-35 effektno otognal istrebitel NATO ot TU-160 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Tu-160 bombardimonchisini 5 ta davlat qiruvchilari kuzatib qo‘ydi

Kobilash ushbu toifa samolyotlarda hali hech kim bundan uzoqqa uchmaganligini qo‘shimcha qildi.

2010 yildagi avvalgi rekordni ham Tu-160 o‘rnatgan. O‘shanda parvoz 24 soatu 24 daqiqa davom etgan.

Tu-160 bombardimonchi samolyotlari parvozi  yo‘nalishi Shimoliy Muz okeani, Tinch okeani, Karsk dengizi, Laptevlar, Shariy-Sibir, Chukotka, Barensevo dengizlarining neytral hududlari bo‘ylab o‘tgan.

Amerika jurnali Rossiyaning eng xavfli jangovar samolyotini aytdi

Parvoz va qo‘nish Saratov viloyatidagi Engels aerodromida sodir bo‘ldi. To‘xtovsiz parvoz paytida Tu-160 samolyoti olti va Il-78 samolyoti uch marotaba havoda yonilg‘i quyishni amalga oshirdi. Marshrutning ayrim bosqichlarida raketa tashuvchilarga Su-35 qiruvchilari, shuningdek, xorijiy davlatlarning samolyotlari hamrohlik qildi. Rossiya bombardimonchilarining parvozi havo hududidan foydalanish bo‘yicha xalqaro qoidalarga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0