Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi

© Facebook / barnoevofficialVitse-premyer Uzbekistana Uktam Barnoyev
Vitse-premyer Uzbekistana Uktam Barnoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev koronavirus asoratlari oqibatida 56 yoshida vafot etdi.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Bugun davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi.

Prezident posetil mogilu Karima Kamalova - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi

"Buxoroning ardoqli farzandi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Isoyevich Barnoyev bugun, 20-sentabr kuni koronavirusga chalinish oqibatida 56 yoshida vafot etdi", - deyilgan Buxoro viloyati hokimligi xabarida.

Avvalroq u koronavirusga chalingani va hozirda davolanayotgani xabar qilingan edi.

O‘ktam Barnoyev 2016-yil dekabridan 2020-yil 28-fevraligacha Buxoro viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritgan. 2020-yil fevral oyi oxirida bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Shuningdek, u iyul oyida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga rais etib saylangan edi.

Yangiliklar lentasi
0