O‘zbekiston va Tojikiston savdo-sanoat palatalari hamkorlikni kuchaytirishga kelishdi

© Sputnik / Stas EtveshLepeshka s izobrajeniyem tadjikskogo i uzbekskogo flagov
Lepeshka s izobrajeniyem tadjikskogo i uzbekskogo flagov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar O‘zbekiston bosh vaziri Aripovning Tojikistonga rasmiy tashrifi arafasida biznes-forumni o‘tkazish va tayyorlash masalalarini muhokama qildilar, shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida biznes aloqalarni kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishdilar

TOShKENT, 19 sen - Sputnik. Tojikiston Savdo-sanoat palatasi rahbari Jamshed Jumaxonzoda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Farizshox Usmonov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar hamkorlikda Afg‘onistonga va mintaqaning boshqa mamlakatlariga mahsulotlar savdosini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalarni ham muhokama qildilar, deb xabar bermoqda O‘zbekiston SSP matbuot-xizmati.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripov Tojikistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi Toshkent, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari SSP hududiy boshqarmalari rahbarlaridan tashkil topdi. Tojikiston tomonidan uchrashuvda SSP raisi o‘rinbosari O.Sangov, M.Rustamovlar hamda Xatlon va So‘g‘d viloyatlari SSP hududiy boshqarmalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston SSP raisi o‘rinbosari Usmonov Tojikiston tomoniga samimiy va iliq mehmondorchilik uchun minnatdorlik bildirdi.

Usmonov O‘zbekiston tadbirkorlari tomonidan Tojikiston xususiy biznesi bilan ikkiyoqlama hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish kuchliligini ta’kidlab, tomonlar o‘rtasida o‘zaro savdo hajmini oshirish imkoniyatlari haqida gapirdi.

Manometr na gazokompressornoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Energetika vazirligi: Tojikistonga gaz yetkazib berish davom etmoqda

O‘z navbatida, Tojikiston SSP raisi Jumaxonzoda O‘zbekiston tomoniga savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishga bo‘lgan qiziqish uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida V2V formatida biznes uchrashuv o‘tkazilishi ikkiyoqlama hamkorlikda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

Ikki mamlakat hududiy bo‘linmalari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Xususan, ikkiyoqlama biznes aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston va Tojikistonning chegara oldi hududlaridagi SSP bo‘linmalari o‘rtasida hamkorlik bitimini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Keng ko‘lamli tadbirlar O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning 28-30 sentabr kunlari Tojikistonga tashrifi arafasida o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0