Rossiya MB rekord hajmdagi pul o‘tkazmalari haqida bayonot berdi - pullar MDHga yuborilgan

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri Rossii
Denejnie kupuri Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Markaziy banki 2018-yildan boshlab chet elga rekord darajadagi pul o‘tkazmalari haqida bayonot berdi

TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Rossiya Markaziy banki 2018-yilning oktabridan boshlab hozirgi paytga qadar davlatdan chetga amalga oshirilgan rekord darajadagi pul o‘tkazmalarini qayd etdi. Bu haqda "Vedomosti" nashriga tayanib Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.

Vizit rossiyskoy delegatsii v Uzbekistan vo glave s Shuvalovim - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya rubl va so‘mning to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdosini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi

Ta’kidlanishicha, 2020-yilning iyul oyida rossiyaliklar chet elga 837 million dollar yuborganlar. Shu bilan birga, mablag‘larning kattagina qismi, 686 million dollari MDH davlatlariga yo‘naltirilgan.

Yana 152 million dollar Rossiya chegaralariga yaqin davlatlarga yo‘naltirilgan.

Statistikani shakllantirishda Markaziy bank mutaxassislari Western Union, "Zolotaya korona", "Yunistrim", Contact, Blizko (2020 yilning apreligacha bo‘lgan davrgacha) hamda "Rossiya pochtasi" orqali amalga oshirilgan o‘tkazmalarni hisobga olganlar.

Tablo s kursom valyut v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodchi kelgusi ikki yilda dollar-rubl kursi qanday bo‘lishini bashorat qildi

Eslatib o‘tamiz, mart oyidan boshlab chet elga pul o‘tkazmalari hajmi pasaya boshladi va 2020-yilning aprelida o‘zining minimumiga yetib, 302 million dollargacha pasaydi.

Pul o‘tkazmalarining kamayib ketishiga jahondagi koronavirus pandemiyasi, chegaralar yopilishi va ko‘plab korxonalarning o‘z faoliyatini to‘xtatishi ta’sir ko‘rsatdi.

Ko‘plab migrantlar buning oqibatida ishidan mahrum bo‘ldilar.

Yangiliklar lentasi
0