TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin juma kuni BMT Bosh Assambleyasi uchun murojaat yozadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Kreml matbuot-xizmatiga tayanib.
Putin BMT Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasi birinchi kunida tadbir ishtirokchilariga video orqali murojaat qiladi, deb xabar bergandi bir oz avval RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Oliy darajadagi haftalik 22-sentabrdan 29-sentabrgacha bo‘lgan kunlar oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilda karantin cheklovlari tufayli debatlarni oldindan yozilgan videochiqishlar formatida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
"Sessiyaning yubiley xarakterini hisobga olgan holda mamlakatimiz delegatsiyasiga RF prezidenti rahbarlik qiladi, u tadbirning birinchi kunida videomurojaat qilishi kutilmoqda", - deb ma’lum qilgan Zaxarova.
Putinning murojaatidan so‘ng RF TIV rahbari Sergey Lavrovga delegatsiya rahbari vazifalari yuklatiladi.